SPORT
1 daqiqa o'qish
Turkiya milliy terma jamoasi AQSHga yetib bordi
Turkiya terma jamoasi chorak asrlik tanaffusdan so‘ng ilk bor yo‘l olgan Jahon chempionati oldidan yakuniy tayyorgarliklarni boshladi.
Turkiya milliy terma jamoasi AQSHga yetib bordi
Turkiyalik Arda Guler yaqinlashib kelayotgan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlanishi munosabati bilan AQShga yetib keldi. Mayami, Florida, AQSh, 2026-yil 2-iyun.

Turkiya milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o‘tash uchun seshanba kuni Qo‘shma Shtatlarga yetib keldi. Florida shtatining Fort-Loderdeyl shahriga qo‘ngan jamoani Turkiyaning AQSHdagi elchisi Sedat O‘nal va bosh konsul Resul Shahinol kutib oldi. "Oq-qizillar" musobaqaga to‘liq e’tibor qaratishdan avval Venesuela terma jamoasiga qarshi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Vinchentso Montella shogirdlari 2002-yildan buyon ilk bor Jahon chempionatiga qaytmoqda. Jamoa musobaqaga kapitan Hakan Chalxanoglu, Arda Gyuler hamda Kenan Yildiz kabi yulduz futbolchilardan iborat kuchli tarkib bilan tashrif buyurdi.

Diqqat markazida — "D" guruhi

Venesuela bilan tayyorgarlik o‘yinidan so‘ng, Turkiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi qarorgohini Arizona shtatining Mesa shahrida tashkil etadi va "D" guruhidagi dastlabki bahsni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

Guruhdan chiqishni maqsad qilgan "Oy-yulduzlilar", shuningdek, Paragvay va musobaqa mezbonlaridan biri — AQSH terma jamoasi bilan ham kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Meksika hamkorligida o‘tkazilayotgan, tarixda ilk bor 48 ta jamoani qamrab olgan ushbu kengaytirilgan turnir 11-iyun kuni start olib, 19-iyulgacha davom etadi.