DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh Go'ruk va Qishm orolidagi Eron harbiy pozitsiyalariga zarba berdi
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi Quvaytdagi AQSh aviabazasiga zarba berilganini eʼlon qildi.
AQSh Go'ruk va Qishm orolidagi Eron harbiy pozitsiyalariga zarba berdi
CENTCOM AQShning Eron harbiy nishonlariga zarbalar berganini ma’lum qildi, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IRGC) esa AQSh aviabazasiga hujum qilingani haqida xabar berdi. (Foto: ARXIV) / AP

AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) hafta oxirida Eronning Goʻruk shahri va Qishm orolidagi radar hamda harbiy obʼyektlariga zarbalar berdi.

X ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan rasmiy bayonotda qayd etilishicha, CENTCOM ushbu amaliyotni xalqaro havo hududida Amerikaning "MQ-1" droni urib tushirilishi (ishdan chiqarilishi) bilan bogʻliq "Eronning agressiv harakatlariga" javoban amalga oshirgan.

CENTCOM operatsiyalar davomida biror bir amerikalik harbiy xizmatchi jarohatlanmaganini tasdiqladi. Shuningdek, amaldagi otashkesim rejimiga qaramay sodir etilgan asossiz Eron agressiyasiga qarshi AQSh oʻz aktivlari va manfaatlarini himoya qilishda davom etishini qoʻshimcha qildi.

Quvayt raketalarni urib tushirmoqda

Shu bilan bir vaqtda, Quvayt armiyasi Bosh shtabi mamlakat havo mudofaa tizimlari "dushmanona raketa va dron hujumlarini qaytarayotgani"ni maʼlum qildi. Armiya bayonotida hududda eshitilayotgan portlash ovozlari havo mudofaa tizimlari tomonidan raketa va dronlarning urib tushirilishi natijasida yuzaga kelayotgani taʼkidlangan.

Ushbu voqealardan soʻng, Eronning "Fars" axborot agentligi Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IRGC) bayonotini eʼlon qildi. Unda Eron tomoni "AQShning Sirik shahriga qarshi harbiy agressiyasini boshlagan" Amerikaning aviabazasini nishonga olganini bildirdi.

Eron tomonining ushbu bayonoti Quvayt dushman hujumlarini qaytarayotganini eʼlon qilganidan koʻp oʻtmay yangradi.

Inqilob muhofizlari oʻz bayonotida: "Agar agressiya takrorlansa, beriladigan javob butunlay boshqacha boʻladi", — deya ogohlantirgan.