Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) vakili O‘mer Chelik, Zo‘lingen fojiasining 33 - yilligi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
Unda, u, irqchilik, nafrat mafkurasi va ksenofobiya (begonalarga dushmanlik)ning global xavfiga e’tibor qaratgan holda quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:
«Irqchilik, begonalarga va islomga bo‘lgan dushmanlik insoniyat uchun eng katta tahdidlardan biridir. Bundan 33 yil oldin sodir bo‘lgan irqchilik asosidagi Zo‘lingen hujumida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizni rahmat bilan yod etamiz. Hujumda oila a’zolarini yo‘qotishiga qaramay, matonat timsoli bo‘lgan Bilge Ona Mavluda Genchni ham yana bir bor rahmat bilan yod etamiz».




















