AQSH Eron janubida raketa uchirish moslamalari hamda mina joylashtirmoqchi bo‘lgan katerlarni nishonga olgan bir qator hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Kuchlar qo‘mondonligi CENTCOM Matbuot xizmati kotibi Tim Xokins Fox Newsga bergan bayonotida: “AQSH kuchlari bugun Eron kuchlari tomonidan yaratilgan tahdidlarga qarshi askarlarimizni himoya qilish niyatida Eron janubida o‘zini - o‘zi himoya qilish hujumlarini amalga oshirdi” - dedi.
Xokins so‘zlari davomida nishonlar orasida raketa uchirish nuqtalari va mina joylashtirishga uringan Eron katerlari borligini bildirar ekan, “Markaziy Kuchlar qo‘mondonligi CENTCOM davom etayotgan sulh davrida muvozanatli harakat qilib, kuchlarimizni himoya qilishni davom ettirmoqda” - deya qo‘shimcha qildi.
U hujumlar bo‘yicha batafsil ma’lumot bermagan bo‘lsa - da, Eron OAVlari dushanba kuni erta tongda Bandor Abbos shahri bilan Fors ko‘rfazi bo‘yidagi Sirik va Jask yaqinlarida portlashlar eshitilganini xabar qildi.
Eronning Fars axborot agentligi, Bandor Abbosdagi mahalliy aholining bir necha portlash ovozlari eshitgani, portlashlarning aniq joyi va manbasini aniqlash esa dastlab murakkab bo‘lganini bildirdi.
Shuningdek, agentlik, Eronning Ko‘rfazga qaragan janubiy hududlarida joylashgan Sirik va Jask atrofida ham xuddi shunday tovushlar eshitilganini qayd etdi.
Yarim rasmiy Mehr axborot agentligi esa amaliyotlardan so‘ng port shahar Bandor Abbosdagi vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.















