DUNYO
1 daqiqa o'qish
Xitoydagi ko‘mir konida gaz portlashi yuz berdi
Xitoyning Changji viloyatiga qarashli Chinyuyen tumanidagi ko‘mir konida ertalabki soatlarda gaz portlashi sodir bo‘ldi.
Xitoydagi ko‘mir konida gaz portlashi yuz berdi
Chinyuan koʻmir konida sodir boʻlgan gaz portlashidan keyin qutqaruv guruhlari voqea joyida oʻz ishlarini davom ettirmoqda. (Reuters)

Ma’lumotlarga ko‘ra, 247 ishchi faoliyat yuritgan shaxtada dastlabki aniqlashlarga ko‘ra 82 nafar ishchi halok bo‘lgan.

Ko‘chki ostida qolgan ishchilarni qidirish va qutqarish ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

Xitoy Davlat rahbari Shi Szinpin e’lon qilgan bayonotida qidiruv-qutqaruv ishlariga barcha imkoniyatlarni safarbar qilish hamda yaradorlarni davolash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shi qutqaruv ishlari tartibli va samarali olib borilishi kerakligini ta’kidlab, portlash sabablari yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishi va aybdorlarning qonun oldida javob berishi zarurligini bildirdi.

Shuningdek, u mamlakat bo‘ylab barcha mahalliy boshqaruv idoralari va tegishli tashkilotlar ushbu hodisadan saboq chiqarishi hamda mehnat xavfsizligi choralarini kuchaytirishi kerakligini qayd etdi.

Shi yirik falokatlarning oldini olish uchun ehtimoliy xavflarni oldindan aniqlash va bartaraf etish muhimligini ham ta’kidladi.

Boxabar bo'ling!
Isroil Dera yaqinidagi qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon hududlarini o‘qqa tutdi
G‘azodagi gumanitar vaziyat og‘irligicha qolmoqda
Ukraina Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodiga qarshi hujum uyushtirdi
Italiya Isroilni G'azoga yordam olib kelgan faollarni qo'yib yuborishga chaqirdi
Suriyaning Damashq shahrida avtomobilga o'rnatilgan bomba portladi
Saudiya Arabistoni Iroqdan kirgan insonsiz havo transportlari yo‘q qilinganini bildirdi
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini boshqarish uchun yangi muassasa tashkil etdi
Pokiston shimoli-g‘arbidagi portlashda 3 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi
Falastinlik mahbuslarga nisbatan o‘lim jazosini ko‘zda tutuvchi Isroil qonuni kuchga kirdi
AQShga tegishli ikki jangovar samolyot Idaho harbiy bazasidagi havo shousida to‘qnashdi
Xalqaro Jinoyat Sudi besh nafar Isroil amaldorini hibsga olishga order berdi
Isroil Iroq hududida Eronga qarshi operatsiya uchun maxfiy harbiy punkt barpo etdi
BAAdagi atom elektr stansiyasi yaqinida dron hujumi oqibatida yong‘in sodir bo'ldi
Isroil otashkesimga qaramay Livanda yana o‘n kishi umriga zomin bo‘ldi
Kiyev: Rossiya Ukrainaga 528 kishining tanasini qaytardi
Pezeshkiyon Papa Lev XIV bilan muloqotda Eron tinch diplomatiya yo‘lidan chekinmasligini ta’kidladi
Isroilning G‘azodagi yangi hujumlari oqibatida 7 falastinlik halok bo‘ldi
Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum qildi
Isroil F-35 parvoz masofasini oshirish maqsadida 35 million dollarlik shartnoma imzoladi
Tramp Si Szinpin bilan uchrashuvda: “Siz bilan do‘st bo‘lish men uchun sharaf” dedi