Saudiya Arabistoni Iroq tomonidan mamlakat havo hududiga kirgan uchta insonsiz havo transporti, havo mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilib, yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Turkiy al - Malikiy, insonsiz havo transportlari yakshanba kuni (17.05.2026) ertalab Iroq hududidan Saudiya havo hududiga kirganidan so‘ng urib tushirilganini ma’lum qildi.
Al - Malikiy, qirollik, yuqorida nomi tilga olingan harakatga qachon va qayerda javob qaytarilishini hozircha yashirin tutganini ta’kidladi.
Saudiya Arabistoni: «Qirollikning mustaqilligi, xavfsizligi hamda fuqarolari bilan aholisining osoyishtaligini buzishni ko‘zlagan har qanday urinishlarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘radi va amalga oshiradi», - dedi.
AQSh bilan Isroil tomonidan joriy yilning fevral oyida Eronga qarshi hujum uyushtirilganidan beri mintaqadagi keskinlik kuchayib bormoqda. Tehron bunga javob tariqasida Isroil bilan Fors ko‘rfazidagi AQSh ittifoqchilarini, jumladan Birlashgan Arab Amirliklarini nishonga olgan hujumlar uyushtirib, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini bekitdi.
Pokiston o‘rtamchiligida erishilgan sulh 8 - aprel kuni kuchga kirgan bo‘lsa - da, Islomoboddagi muzokaralar doimiy kelishuvga olib kelmadi. Keyinchalik AQSh Pprezidenti Donald Tramp sulhni noma’lum muddatga uzaytirdi.
Ertalab, Abu - Dabi amirligidagi atom elektr stansiyasi yaqinida insonsiz havo transporti hujumi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan edi. Rasmiylar hodisada hech kim jabrlanmagani va radiatsiya darajasida o‘zgarish kuzatilmaganini bildirdi.
Abu - Dabi OAV mavzu haqida: «Abu-Dabi rasmiylari, al - Dafra hududidagi Baraka atom elektr stansiyasining ichki xavfsizlik hududidan tashqarida joylashgan elektr generatoriga qarshi insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum oqibatida yuzaga kelgan yong‘inga aralashdi» - deb xabar qildi.















