TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Oila jamiyatning eng muqaddas tayanchidir
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 15-may Xalqaro Oila kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida, oila jamiyatning muqaddas tayanchi ekanini ta’kidlab, oila institutini mustahkamlash yanada farovon kelajak uchun muhimligini bildirdi.
Erdo‘g‘an: Oila jamiyatning eng muqaddas tayanchidir
Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan / AA

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qilgan bayonotida shunday dedi:

“E’tiqodimizda, an’anamizda va tariximizda muqaddas o‘ringa ega bo‘lgan, jamiyatimizning asosini tashkil etuvchi barcha oilalarimizning 15-may Xalqaro Oila kunini tabriklayman. Oilalarimizni qo‘llab-quvvatlab va oila institutini mustahkamlab, inshoolloh yanada farovon kelajakka birgalikda erishamiz.”