DUNYO
2 daqiqa o'qish
Kobul Pokiston iddaosini rad etdi
Kobul, Pokiston shimolida 15 nafar politsiya xodimining o‘limiga yo‘l ochgan hujum haqidagi iddaolarni rad etdi.
Kobul Pokiston iddaosini rad etdi
_

Kobul hafta oxirida Pokiston shimolida 15 nafar politsiya xodimining o‘limiga yo‘l ochgan hujum Afgoniston hududida rejalashtirilgani haqidagi iddaolarni rad etib, “haqiqiy hamkorlik”ka chaqirdi.

Afg‘oniston hukumati Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid, dushanba kuni (11.05.2026) Pokistonning Xaybar Pahtunhva viloyatida yuz bergan hujumni Afgonistonda yashovchi terrorchilar amalga oshirgani haqidagi iddaolari qabul qilmadi.

Mujohid kecha (12.05.2026) mavzu haqida X platformasi orqali bergan bayonotida: “Afgoniston muammolarni ayblovlar va tahdidlar orqali emas; balki o‘zaro tushuncha, hurmat va haqiqiy hamkorlik yo‘li bilan hal qila olishiga ishonchi komil”, - dedi.

U, shuningdek, Afgoniston hududi dunyoning hech qaysi davlatiga qarshi foydalanilmasligi va mintaqa xavfsizligi bilan barqarorligiga putur yetkazadigan harakatlarga aslo ruxsat berilmasligini ta’kidladi.

Pokistonda kuchayib borayotgan hujumlar

Pokiston, shanba kuni (09.05.2026) shimoliy viloyatda yuz bergan va politsiya xodimlarining olimiga yo‘l ochgan hujum ortidan dushanba kuni (11.05.2026) Afgonistonga diplomatik tarzda norozilik bildirdi.

Pokiston tergoviga kora dalillar va texnik razvedka ma’lumotlari hujum Afg‘onistonda joylashgan terrorchilar tomonidan amalga oshirilganini ko‘rsatmoqda.

Pokiston Tashqi Ishlar vazirligi, shuningdek, “Afg‘oniston hududidan Pokistonга qarshi terrorchilik hujumlari uyushtirish uchun foydalanilishda davom etayotgani” jiddiy xavotir tug‘dirayotganiga e’tibor qaratdi.

Vazirlik bayonotida, Pokiston ushbu vahshiyona harakat aybdorlariga qarshi qat’iy javob qaytarish huquqini yashirin tutgani qayd etildi.

Pokistonda oxirgi yillarda zoravonlik hodisalari avj oldi va ko‘plab hujumlar Islomobod tomonidan Afg‘oniston tuproqlarida faoliyat ko‘rsatgani aytilgan Tahrik - iy - Tolibonga yuklandi ammo Afgoniston bu ayblovlarni rad etmoqda.