Yevropa ittifoqi falastinliklarga qarshi qo‘l urgan zo'ravonliklari tufayli noqonuniy isroillik ko‘chmanchilarga nisbatan sanksiya joriy etishi ortidan, Isroilning o‘ta o‘ng qanot ko‘z garashga ega Milliy Xavfsizlik vaziri Itamar Ben - Gvir Yevropa ittifoqini yahudiylarga qarshi ekanini iddao etib, qoraladi.
Ben - Gvir mavzu haqida X ijtimoiy tarmoqda: «Yevropa ittifoqidan axloqiy qaror kutish — quyoshning g'arbda chiqishini kutish bilan barobar», - deb yozib qoldirar ekan; Yevropa ittifoqini, o‘zini himoya qilmoqchi bo‘lganlarga monelik qilganlikda aybladi.
Vengriya hukumatidagi o‘zgarish, bir necha oydan beri davom etgan blokadani bekor qilishi bilan Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni yangi sanksiyalarni ma'qulladi.
Diplomatik norozilik
Yevropa ittifoqining oliy darajadagi diplomati Kaja Kallas mavzu haqida: «Blokadadan natijaga o‘tish vaqti keldi. Ekstremizm va zo'ravonlikning oqibati bor» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Jean - Noel Barrot esa, Yevropa ittifoqi, G‘arbiy Sohilda ekstremistik va zo'ravon kolonizatsiyani qo'llab - quvvatlagan va asosan isroillik bo‘lgan tashkilotlar va ularning yetakchilariga nisbatan sanksiya yo‘lga qo‘yganini bildirdi.
Mazkur qaror yordamida, noqonuniy ravishda ko‘chib kelgan yetti nafar shaxs yoki tashkilot qora ro‘yxatga kiritildi.
Isroil yangi choralarni qoraladi va yahudiylar, ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda joylashish huquqiga ega ekanini ta'kidladi.
Tashqi Ishlar vaziri Gideon Saar, X tarmog'ida, Yevropa ittifoqi sanksiyalarni «ixtiyoriy va siyosiy tarzda» qo'llashni tanlagani haqida yozib qoldirdi.
Ben Gvir esa «joylashib olishdan voz kechilmaydi» - der ekan; «Isroilning barcha hududlarida barpo etish va himoya qilish ishlarini davom ettiramiz» - dedi.












