TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Fidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan qurol sifatida foydalanilmasligi kerakligini qayd etdi
Hakan Fidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan qurol sifatida foydalanilmasligi kerakligini qayd etar ekan, Fors ko‘rfazida davom etayotgan tarangliklar G‘azo masalasini ham unuttirmasligi zarurligini ta'kidladi.
Fidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan qurol sifatida foydalanilmasligi kerakligini qayd etdi
_

Qatar Bosh vaziri va Tashqi Ishlar vaziri Muhammed bin Abdulrahmon al - Soniy bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Hakan Fidan, Fors ko‘rfazida davom etayotgan tarangliklar «G‘azo masalasini unuttirmasligi kerak», - dedi.

Fidan shuningdek, Isroilning ekspansionistik siyosati mintaqaviy «barqarorlik va xavfsizlik» uchun katta tahdid bo‘lib qolayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Al - Soniy esa, Qatar bilan Turkiya Pokistanning AQSh bilan Isroil tomonidan Eronga qarshi joriy yilning 28 - fevralidan buyon olib borilayotgan urushni to‘xtatish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishga qaratilgan o‘rtamchilik sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlayotganini bildirdi. U barqarorlikni qayta tiklash va strategik dengiz yo‘lida erkin qatnovni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Al - Soniy: «Qatar bilan Turkiya (Eronga qarshi olib borilayotgan) urushni to‘xtatish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun Pokistonning o‘rtamchilik sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlaydi», - dedi.

«Qatar va Turkiya (Eronga qarshi) urushni tugatish va Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun Pokistonning vositachilik harakatlarini qo‘llab - quvvatlaydi», - dedi.

Qatar Tashqi Ishlar vaziri shuningdek, Tehron ushbu suv yo‘lidan Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi «bosim yoki shantaj vositasi» sifatida foydalanmasligi zarurligini qayd etdi. .

G‘azo masalasiga ham to‘xtalgan al - Soniy, Isroilni sulh kelishuvini buzishda davom etayotganlikda va hududda gumanitar yordamni qurol sifatida ishlatayotganlikda aybladi.