DUNYO
1 daqiqa o'qish
Kiyev: Rossiya Ukrainaga 528 kishining tanasini qaytardi
Tramp uch kunlik sulh e'lon qilishi ortidan, Zelenskiy ham birinchi almashuv bosqichini tasdiqladi.
Kiyev: Rossiya Ukrainaga 528 kishining tanasini qaytardi
_

Kiyev shanba kuni (16.05.2026), Rossiya, urushayotgan qo‘shni davlat o‘rtasidagi kam sonli hamkorlik yo‘nalishlaridan biri doirasida janglarda halok bo‘lgan ukrainalik askarlar ekani taxmin qilinayotgan 528 nafar kishining jasadini Ukrainaga topshirganini ma’lum qildi.

Ukrainaning harbiy asirlar bo‘yicha markazi mavzu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot berdi va unda: «Qaytarish ishlari natijasida 528 kishining jasadi Ukrainaga qaytarildi. Rossiya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, ular ukrainalik askarlar bo‘lishi mumkin», - degan ifodalarga o‘rin berildi. Biroq ularning qachon topshirilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Rossiya bilan Ukraina bir - biriga 205 nafardan harbiy mahbusni topshirishidan bir kun o‘tib e’lon qilingan bayonotda, markaz tergovchilar bilan mutaxassislar «qaytarilgan jasadlarning kim ekanini aniqlash uchun zarur barcha choralarni ko‘rishini» bildirdi.

O‘tgan juma kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp, mojaro hududida shanbadan dushanbagacha uch kunlik sulh e’lon qilingani hamda har ikki tomon 1000 nafardan mahbusni almashishini ma’lum qilgan edi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy juma kuni amalga oshirilgan mahbuslar almashinuvi, Tramp e’lon qilgan almashuvning birinchi bosqichi ekanini tasdiqladi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari boshlanganidan beri to‘rt yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, mahbuslar almashinuvi va halok bo‘lgan jangchilarning jasadlarini qaytarish Moskva hamda Kiyev o‘rtasidagi kam sonli hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.