TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo'g'an Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Ostonadan Turkistonga jo'nab ketdi.
Erdo'g'an Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi
Prezident Erdogʻan samolyot (ARXIV) / TRT Balkan

Prezident Erdo‘g‘anning Qozog‘istonga tashrifi: Ostona va Turkistondagi muhim uchrashuvlar

13-may kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an o‘z uchrashuv va muloqotlarini davom ettirmoqda.

Kecha Mustaqillik saroyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan yakka tartibda muzokara o‘tkazgan Erdo‘g‘an, Turkiya–Qozog‘iston yuqori darajadagi strategik hamkorlik kengashining oltinchi majlisida ishtirok etdi. Ikki davlat rahbari birgalikda matbuot anjumani o‘tkazgach, Turkiya–Qozog‘iston ishbilarmonlar forumining yopilish marosimida ham qatnashdilar.

Bugun ertalab Prezident Erdo‘g‘an Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Ostonadan Turkiston shahriga yo‘l oldi.

Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda Turkiya rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Turkiyaning Ostonadagi elchisi Mustafa Kapuju va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Safarda Prezidentga rafiqasi Emine Erdo‘g‘an va Turkiya delegatsiyasi hamrohlik qilmoqda.