TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an milliy sportchilarni Yevropa chempionligi bilan tabrikladi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘an Yevropa taekvondo va para taekvondo chempionatida jami 22 medal qo‘lga kiritib, ketma-ket uchinchi bor Yevropa chempioni bo‘lgan milliy sportchilarni tabrikladi.
Erdo‘g‘an milliy sportchilarni Yevropa chempionligi bilan tabrikladi
Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan / TRT Balkan

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali milliy sportchilarni tabrikladi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘z bayonotida shunday dedi:

“Yevropa Taekvondo va Para Taekvondo chempionatida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 12 ta bronza medal qo‘lga kiritib, jami 22 medal bilan ketma-ket uchinchi bor Yevropa chempioniga aylangan milliy sportchilarimizni, bizga faxr va g‘urur baxsh etgan ushbu ulkan muvaffaqiyatlari munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.”