DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodiga qarshi hujum uyushtirdi
Zelenskiy Rossiyaning Samara viloyatidagi Sizran neftni qayta ishlash zavodiga qarshi hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.
Ukraina Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodiga qarshi hujum uyushtirdi
_

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Samara viloyatidagi Sizran neftni qayta ishlash zavodiga qarshi uzoq masofali qurollar orqali hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.

Zelenskiy mavzu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan bayonotida, uzoq masofali qurollardan foydalangan holda Rossiyadagi nishonlarga qarshi hujumlarni davom ettirayotganini bildirdi.

Ukraina chegarasidan 800 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Sizran neftni qayta ishlash zavodini nishonga olganliklariga e’tibor qaratgan Zelenskiy, hujumni amalga oshirgan Ukraina armiyasi bo‘linmalariga minnatdorchilik bildirdi.

Zelenskiy, Samara viloyatida hujum qilingan mazkur neftni qayta ishlash zavodiga tegishli ekani aytilgan lavhani ham bo‘lishdi.