SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp Eronni vaqt torayib borayotgani ustidan ogohlantirdi
Tramp, Eronni vaqt torayib borayotgani ustidan ogohlantirgan holda mavzu haqida Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali: «Vaqt juda muhim!» - deb yozib qoldirdi.
Tramp Eronni vaqt torayib borayotgani ustidan ogohlantirdi
_

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan ogohlantirish bilan chiqib, «o‘zlariga oid hech narsa qolmasligidan oldin» chora ko‘rish uchun «vaqt tobora qisqarayotganini» ta’kidladi.

Tramp yakshanba kuni (17.05.2026) o‘ziga tegishli Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali: «Vaqt juda muhim!» - deb yozib qoldirdi.

Trampning bu bayonotlari Tehronga AQShning sulh talablarini qabul qilish bo‘yicha bosimlar kuchayib borayotgan bir paytda qayd etildi. AQShning ushbu talablari qatoriga yadroviy materiallarni boyitmaslik, Eron obyektlaridagi boyitilgan uranni AQSh kuchlariga topshirish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana dengiz qatnovi uchun ochish majburiyatlari kiradi.

Mintaqadagi keskinlik AQSh va Isroilning 28 - fevral kuni Eronga qarshi havo hujumlari uyushtirishi bilan avj olgan edi. Bu esa Tehronning Isroil va Fors ko‘rfazidagi AQSh ittifoqchilariga javob tariqasida hujum uyushtirishi hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishiga olib kelgan.

Pokiston o‘rtamchiligida 8 - aprel kuni sulh kuchga kirgan, biroq Islomoboddagi muzokaralardan doimiy kelishuv chiqmagan edi. Keyinchalik AQSh Prezidenti Donald Tramp sulh muddatini noma’lum muddatga uzaytirgan.

Sulh jarayoni, davom etayotganiga qaramay so‘nggi kunlarda jiddiy bosim ostida qolmoqda. Tramp dushanba kuni bergan bayonotida Tehronning so‘nggi sulh taklifini qabul qilib bo‘lmasligini ifoda etgan holda jarayonni «jonlantirish bo‘limiga» o‘xshatgandi.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirhan harbiy amaliyotlari Trampning Pekinga bo‘lgan so‘nggi rasmiy tashrifi kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.

Oq uy tomonidan yakshanba kuni kechqurun e’lon qilingan bayonotda Tramp bilan Xitoy Raisi Si Szinpin Eronning «yadro quroliga ega bo‘la olmasligi» borasida bir xil fikrda ekani; Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishga chaqirgani hamda hech bir davlat yoki tashkilotga «tranzit to‘lovi undirish»ga ruxsat berilmasligi masalasida kelishib olgani bildirildi.

Eron esa AQSh ushbu «tanlov asosidagi urush»ni qayta boshlasa, iqtisodiy narx «juda og‘ir bo‘lishi» haqida ogohlantirdi.

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi hafta oxirida qilgan chiqishida: «Benzin narxlarining oshishi va fond bozori pufagini bir chetga qo‘ying. Asosiy og‘riq AQSh qarzlari va ipoteka foiz stavkalari ko‘tarila boshlaganda yuz beradi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.