Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Burhanettin Duran, «Yoshlarimizning qat'iyati, mehnatkashligi va vatanga bo‘lgan sadoqati; kuchli va ulkan Turkiya maqsadining eng muhim tayanchlaridan biridir. Ilmda, texnologiyada, sportda va hayotning har bir sohasida namoyon etgan yutuqlari ertangi kunlarga bo‘lgan umidlarimizni yanada oshirmoqda» - dedi.
Duran, 19 may — Ataturkni yodga olish, yoshlar va sport bayrami munosabati bilan NSosyal ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali post bo‘lishdi.
19 - may bayrami bir xalqning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan qat'iyati, e'tiqodi va qayta tiklanishining ramzi ekanligini ta'kidlagan Duran, o‘z so‘zida:
«Samsunda yoqilgan istiqlol mash'ali, xalqimizning umumiy iroda bilan qisqa muddat ichida mustaqillik kurashining eng kuchli ramziga aylandi. Yoshlarimizning qat'iyati, mehnatkashligi va vatanga bo‘lgan sadoqati; kuchli va ulkan Turkiya maqsadining eng muhim poydevorlaridan biridir. Ilmda, texnologiyada, sportda va hayotning har bir sohasida erishgan yutuqlari ertangi kunlarga bo‘lgan umidlarimizni yanada kattalashtirmoqda. G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk boshchiligida Milliy kurashimizning barcha qahramonlarini rahmat va hurmat bilan yod etaman; 19 may — Ataturkni yod etish, yoshlar va yport bayramini tabriklayman» - dedi.





















