Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 19 - may Ataturkni yodga olish, yoshlar va sport bayrami munosabati bilan yozma bayonot e’lon qildi.
Prezident Erdo‘g‘an unda:
«Barcha yoshlarimizni 19 - may Ataturkni yodga olish, yoshlar va sport bayrami bilan tabriklayman; mamlakatimizda va xorijda yashayotgan barcha yoshlarimizga salom va muhabbatlarimni yo‘llayman.
Milliy kurashning bosh qo‘mondoni G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk va uning safdoshlarini, Payg‘ambarimiz o‘chog‘ining qahramon a’zolarini hurmat bilan yod etaman.
Millatimiz uchun jonini fido qilgan shahidlarimizni rahmat bilan xotirlayman, g‘oziylarimizga esa xayrli va sog‘lom umr tilayman» - degan ifodalarga o‘rin berdi.





















