G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil «Global Sumud» flotiliyasidagi ayrim kemalarni musodara qildi
Isroil, G‘azoga yo‘l olgan «Global Sumud» flotiliyasi tarkibiga qo‘shilgan 50 dan ortiq kemaning qariyb 40 tasini musodara qildi.
Isroil «Global Sumud» flotiliyasidagi ayrim kemalarni musodara qildi
_

Isroil OAVlari seshanba kuni xabar berishicha, Isroil armiyasi G‘azoga yo‘l olgan «Global Sumud» flotiliyasiga qo‘shilgan 50 dan ortiq kemaning qariyb 40 tasini musodara qilgan.

Isroilning Walla nashriga ko‘ra, armiya, shuningdek qariyb 300 nafar faolni ham qo‘lga olgan. Nashrga gapirgan va kim ekani yashirin tutilgan xavfsizlik manbasi bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Walla nashri Isroil dengiz kuchlari hali flotiliyadagi barcha kemalarni to‘xtatmagani va ayrim qayiqlar haligacha ochiq dengizda ekanini ham o‘z so‘ziga ilova qildi.

Isroil armiyasi insonparvarlik yordami olib ketayotgan flotiliyaga qarshi dushanba kuni xalqaro suvlarda hujum uyushtirgan edi. Hodisa xalqaro miqyosda keng noroziliklarga yo‘l ochdi.

Roppa - rosa 54 ta qayiqdan iborat bo‘lgan flotiliya G‘azoga 2007 - yildan buyon qo‘llanib kelinayotgan noqonuniy Isroil blokadasini yorib o‘tishni kozlagan tashabbusning qayta boshlanishi doirasida payshanba kuni Turkiyaning Marmaris tumanidan yo‘lga chiqqan edi.

Bu flotiliya bilan bog‘liq ilk hodisa emas

Aprel oyining oxirlarida Isroil armiyasi Gretsiyaga qarashli Krit oroli yaqinidagi xalqaro suvlarda flotiliya qayiqlariga hujum qilgan edi. O‘sha paytda karvonda 39 davlatdan 345 kishi, jumladan Turkiya fuqarolari ham bo‘lgan.

Isroil kuchlari o‘sha hujum davomida qariyb 175 nafar faolni olib ketayotgan 21 ta qayiqni musodara qilgan, boshqa qayiqlar esa Gretsiya hududiy suvlari tomon harakatlanishda davom etgan edi.

Keyinchalik Isroil kuchlari faollarni xalqaro suvlarda ozod qilgan. Biroq biri ispaniyalik, ikkinchisi braziliyalik bo‘lgan ikki faol Isroildagi hibs markazlariga olib ketilgan va keyinchalik deportatsiya qilingan.

G‘azoda, jumladan taxminan 1,5 million ko‘chirilgan inson bilan birga, 2,4 million nafar falastinlik falokat darajasidagi insonparvarlik sharoitlarida yashash uchun kurashmoqda. Isroilning ikki yildan buyon davom etayotgan hujumlari 72 ming nafardan ortiq insonning o‘limiga va 172 ming nafardan ortiq insonning esa yaralanishiga sabab bo‘ldi. Qurbonlarning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat bo‘lib, hujumlar hududda og‘ir ocharchilik sharoitlarini ham yuzaga keltirdi.

O‘tgan 2025 - yilning oktabr oyida otashksim yoki sulh e’lon qilinganiga qaramay, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Isroil insonparvarlik yordami kirishini cheklash va har kuni hujumlar uyushtirishni davom ettirdi. Bu davrda falastinlik 877 nafar inson halok bo‘ldi, 2 ming 602 kishi esa yaralandi.