G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
«Global Sumud» flotiliyasidagi faollar ochlik aksiyasini boshladi
«Global Sumud» flotiliyasida bo‘lgan va Isroil tomonidan qo‘lga olingan 87 nafar faol noqonuniy ushlab turilishlariga norozilik bildirish va falastinlik mahbuslar bilan birdamlik ko‘rsatish maqsadida ochlik aksiyasini boshladi.
«Global Sumud» flotiliyasidagi faollar ochlik aksiyasini boshladi
_

G‘azoga yo‘l olgan Global Sumud flotiliyasida bo‘lgan va Isroil tomonidan qo‘lga olingan 87 nafar faol, noqonuniy ushlab turilishlariga norozilik bildirish hamda Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar bilan birdamlik ko‘rsatish maqsadida ochlik aksiyasini boshladi.

Flotiliya seshanba kuni (19.05.2026) X platformasi orqali bergan bayonotida, o‘zini “eng axloqli armiya” deb ta’riflaydigan Isroil armiyasi uch hafta ichida ikkinchi marta ularning hamrohlarini xalqaro suvlardan o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi.

Shuningdek, flotiliya: “Noqonuniy ravishda o‘g‘irlab ketilishlariga norozilik sifatida va Isroil zindanlarida saqlanayotgan falastinlik 9 ming 500 nafardan ortiq garovdagi inson bilan birdamlik ko‘rsatish maqsadida kamida 87 faol ozod etilguniga qadar ochlik aksiyasini boshlaydi”, — deb qo‘shimcha qildi.

Flotiliya Isroil rasmiylari tomonidan qo‘lga olingan barcha tutqunlarning ozod qilinishini talab qilib, hukumatlarni bu “qaroqchilik harakati”ni qoralashga chaqirdi.

Shuningdek, flotiliya G‘azo qamalining bekor qilinishi va flotiliyadan o‘g‘irlab ketilgan barcha shaxslar hamda barcha falastinlik mahbuslarning ozod qilinishini talab qildi.

Global Sumud flotiliyasi seshanba kuni (19.05.2026) yordam karvonidagi 50 ta kemaning barchasi Isroil tomonidan qo‘lga olinganini bildirdi.

Kemalarda jami 44 davlatdan 428 kishi bo‘lgan, ular orasida 78 nafar Turkiya fuqarosi ham bor edi.

Isroil Tashqi Ishlar vazirligi X platformasidagi bayonotida barcha faollar Isroil kemalariga o‘tkazilgani va Isroil tomon yo‘l olgani, Isroilga yetib kelgach konsullik vakillari bilan uchrashishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Flotiliya payshanba kuni Turkiyaning Marmaris tumanidan 2007 - yildan buyon G‘azoga qo‘llanayotgan noqonuniy Isroil qamalini buzish maqsadida yo‘lga chiqqan edi.

Bu flotiliya bilan bog‘liq ilk hodisa emas. Aprel oyining oxirlarida Isroil armiyasi Krit oroli yaqinidagi xalqaro suvlarda boshqa bir flotiliya tarkibidagi kemalarga hujum qilgan edi. O‘sha paytda karvonda Turkiya fuqarolari ham daxil dunyoning 39 davlatidan 345 ishtirokchi bor edi.

Isroil 2007 - yildan beri G‘azo sektorida og‘ir qamal boshlatgan holda hududdagi 2,4 million insonni ocharchilik yoqasiga olib kelgan.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi genotsid urushini boshlagan bo‘lib, natijada 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi, 172 ming nafardan ortiq inson esa yaralandi. Shuningdek, qamal ostidagi hududda katta vayronagarchilik yuz berdi.