Bekayi qatnashgan teleko'rsatuvda Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) bilan olib borilayotgan muzokaralar haqida bayonot berdi.
AQSh bilan olib borilayotgan muzokara jarayoni davom etayotganini va hali kelishuvga yaqin nuqtaga yetilmaganiini aytgan Bekayi, o'z mamlakati bilan AQSh o'rtasida chuqur fikr ayrimliklari borligini ta'kidladi va “Birnecha tashrif, birnecha hafta yoki birnecha oy ichida o'tkazilgan muzokaralar bilan aniq natijaga erishamiz, deb aytib bo'lmaydi.” dedi.
Bekayi diplomatiya vaqt talab etishini va uni ilgari surish uchun har bir imkoniyatdan foydalanish kerakligini ta'kidladi; muzokaralarning hozirgi markaziy maqsadi urushni to'xtatish ekanligini va yadroviy masalalar hozircha muhokama qilinmayotganini eslatdi.
Livanni ham o'z ichiga olgan mintaqadagi barcha frontlarda urushni to'xtatish juda muhim ekanini ta'kidlab, Bekayi Hormuz bo'g'ozi va AQSh tomonidan qo'llanayotgan dengiz blokadasi hanuz muhokama qilinayotganini bildirdi.
Bekayi muzokaralarda boyitilgan uran masalasiga kirish taraflarni natijaga olib kelmasligini aytib, “Buning sababi juda aniq. Biz bu yo'ldan ilgari o'tganmiz va fikr ayrimliklari shunchalik katta ediki, kelishuvga erisha olmadik. Qarshi tomonning mantiqsiz talablaridan so'ng, oxir-oqibat muzokara stolining parchalanishiga olib keldi va Eronga hujumlar uyushtirildi.” dedi.
Bekayi, AQSh haddan tashqari talablar qo'yayotganini va ularning bu talablarini tilga olish uchun har bir imkoniyatdan foydalanayotganini ham qo'shimcha qildi.


















