Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRT bilan hamkorlikda uyushtirilgan va bu yil 21 - 24 may kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan festivalning ochilish marosimi Ataturk aeroportida qurilgan Xon chodir oldida talabalarning an’anaviy Gulbank namoyishi bilan boshlandi. So‘ngra Istanbul Tarixiy Turk Musiqasi Jamiyati mehteran guruhi sahnaga chiqdi.
Ochilishda nutq so‘zlagan Jahon Etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilal Erdo‘g‘an, festival davomida madaniy boyliklarimizni birgalikda yashashini ifoda etdi.
Mehmonlarni salomlagan Erdo‘g‘an, festival davomida kurashlar va ot sportlari bosh bo‘lish bilan birga turli tadbirlar o‘tkazilishini qayd etdi.
Festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda bolalar va oilalar an'anaviy madaniyat bilan tanishishini ta'kidlagan Bilal Erdo‘g‘an, o‘z so‘zida: «Bu yil yana shu yerda 4 kun davomida madaniyatimizning boyliklariga guvoh bo‘lamiz. Bolalarimiz bilan, kattalarimiz bilan oilaviy bo‘lib an'ananing hidini va ruhini his qilamiz va dunyoning to‘rt burchagidan kelgan mehmon san'atkorlar, sportchilar va madaniyat sohasidagi insonlarni birga qabul qilamiz. Bugun bu yerga kelgan bolalar madaniy boyliklarning qanchalik qadrli va qanchalik mazmunli ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ladilar, his qiladilar» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Istanbulning xalqaro ahamiyatiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, so‘zlari yakunida bolalar bilan birga lenta kesib festivalni «ochiq» deb e’lon qildi.



















