Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi 7–8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO davlat va hukumat rahbarlari sammiti oldidan ayrim NATOga a’zo davlatlar poytaxtlarida NATO mavzusiga bag‘ishlangan dasturlarni amalga oshirmoqda.
Mazkur dasturlar turk tomoni hamkorlik qilayotgan tahlil markazlari bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Dasturlar seriyasining birinchisi 3–4 mart kunlari Madridda, ikkinchisi 11 mart kuni Parijda, uchinchisi 18–19 mart kunlari Londonda, to‘rtinchisi 11 may kuni Varshavada, beshinchisi esa 14 may kuni Vashingtonda o‘tkazilgan edi. Seriyaning oltinchi bosqichi bugun I.A.I hamkorligida Rimda bo‘lib o‘tdi.
“Anqara NATO sammiti doirasida alyansning janubiy qanoti” mavzusidagi panelni I.A.I’ning O‘rta Yer dengizi, Yaqin Sharq va Afrika dasturi rahbari doktor Maria Luisa Fantappiè hamda I.A.I Mudofaa, xavfsizlik va kosmik dasturi rahbari doktor Alessandro Marrone boshqarib bordi.
Tadbirda Turkiya Respublikasi Prezidenti tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi elchi Akif Chag‘atay Qilich, Prezident bosh maslahatchisi va Prezidentlik Xavfsizlik hamda tashqi siyosat kengashi rais o‘rinbosari elchi professor doktor Chag‘ri Erhan, shuningdek Prezidentlik Xavfsizlik va tashqi siyosat kengashi a’zosi professor doktor Qilich Bug‘ra Kanat ma’ruza qildi.
Panelda Turkiyaning Rimdagi elchisi Elif Cho’mo‘g‘lu Ulger, Turkiyaning Vatikan elchisi professor doktor Fahrettin Altun, Ozarbayjonning Vatikan elchisi Ilqar Muxtarov hamda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdi.
Muhokamalarda Anqara sammiti oldidan xalqaro tizimda yuz berayotgan o‘zgarishlar va mavjud tahdidlar, NATOning Ukraina urushi jarayonidagi pozitsiyasi, alyans janubiy qanotining hozirgi holati, NATOning kelajagi, Yevropa uchun xavfsizlik harakati (SAFE), Falastin va Erondagi so‘nggi vaziyat hamda boshqa mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.


















