TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiyaning strategik kuchida muhim shaxdam qadam tashlandi
Turkiyaning strategik kuchida muhim bosqich sifatida ko‘rilgan TAYFUN raketasining takomillashtirilgan versiyasi — «Blok - 2» armiya foydalanishiga topshirildi.
Turkiyaning strategik kuchida muhim shaxdam qadam tashlandi
_

ROKETSAN tomonidan ishlab chiqarilgan va Turkiyaning strategik kuchida muhim bosqich sifatida ko‘rilgan TAYFUN raketasining takomillashtirilgan versiyasi — «Blok - 2» armiya foydalanishiga topshirildi.

ROKETSAN tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, TAYFUNning «Blok - 2» tizimi uzoq masofada Turkiyaning kuchi va ishonchi ekani ta’kidlandi. Tizim to‘liq mahalliy muhandislik va texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgani qayd etilib, «Mamlakatimizning strategik kuch salohiyatini yanada oshirgan ushbu tizim, qahramon armiyamiz va aziz xalqimiz uchun muborak bo‘lsin» - deyildi.

«Qurolli kuchlarimizning zarba beruvchi qudrati bo‘ladi»

ROKETSAN Bosh direktori Murat Ikinji ham mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, TAYFUN «Blok - 2»ning Turkiya Qurolli kuchlarining zarba salohiyatiga qo‘shadigan hissasini alohida ta’kidladi.

Ikinji, mahalliy va milliy muhandislik imkoniyatlari bilan ishlab chiqarilgan tizim topshirilgani haqida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

«Qurolli kuchlarimizning zarba beruvchi qudrati bo‘ladigan TAYFUN Blok - 2 topshirildi. Mahalliy va milliy muhandislik salohiyatimiz bilan ishlab chiqilgan ushbu tizim Turkiya Qurolli kuchlariga topshirilib, qahramon armiyamizning strategik kuchiga muhim hissa qo‘shadi. Uning ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shgan barcha hamkasblarimni chin dildan tabriklayman va ushbu topshiruv mamlakatimiz hamda xalqimiz uchun foydali bo‘lishini tilayman».

Turkiyaning mudofaa sanoatidagi mahalliylashtirish darajasini yanada mustahkamlagan ushbu topshiruv bilan birga, Turk Qurolli kuchlarining strategik nishonlarga qarshi uzoq masofadan zarba berish salohiyati yanada yuqori bosqichga olib chiqildi.