IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Mehmet Nuri Erso‘y: Turkiya sohillari jahon brendiga aylandi
Turkiyada roppa - rosa 580 ta plyaj «Moviy bayroq» olish huquqini qo‘lga kiritdi.
Mehmet Nuri Erso‘y: Turkiya sohillari jahon brendiga aylandi
_

Mehmet Nuri Erso‘y ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, Turkiya sohillari endilikda jahon brendiga aylanganini ta’kidladi.

Moviy bayroq reytingida Turkiya yana dunyoda 3 - o‘rinni saqlab qolganiga e’tibor qaratgan Erso‘y, «2026 - yili 580 ta plyaj, 30 ta marina, 18 ta turistik kema va 26 ta shaxsiy yaxta Moviy bayroq olish huquqini qo‘lga kiritdi» - dedi.

Erso‘yning aytishicha Turkiya ekologik standartlar, xavfsiz turizm infratuzilmasi va barqaror qirg‘oq boshqaruvi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi kuchli mavqeini yana bir bor tasdiqladi. U bepul xalq plyajlari ham Moviy bayroq maqomiga ega bo‘lganini qayd etar ekan shuningdek:

«Bu yil Bo‘drumdagi Turkbuku xalq plyaji ham Moviy bayroqli xalq plyajlari qatoriga qo‘shildi. Yangi xalq plyaji loyihalari bilan Turkiyaning Moviy bayroq xaritasini yanada kengaytiramiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya plyajlar toifasida yana bir bor Ispaniya va Gretsiyadan keyin dunyoning eng muvaffaqiyatli uchinchi davlati bo‘ldi.

Shuningdek, turistik kemalar toifasida ham dunyoda to‘rtinchi o‘rinni saqlab qolgan Turkiyada; TÜRÇEV koordinatsiyasida olib borilayotgan dastur doirasida suzish suvi sifati, ekologik boshqaruv, xavfsizlik, nogironlar uchun qulaylik, chiqindilarni boshqarish va ekologik ta’lim kabi ko‘plab mezonlar xalqaro nazorat jarayonlari orqali kuzatilmoqda.

Antaliya 2026 - yili 232 ta plyaj bilan Turkiyada eng ko‘p Moviy bayroqqa ega viloyat bo‘lib qolishda davom etdi. Mug‘la 113 ta plyaj bilan ikkinchi, Izmir esa 60 ta plyaj bilan uchinchi o‘rinni egalladi.