Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi Afrika ittifoqining tashkil topishining 63 - yilligi munosabati bilan yozma ravishda bergan bayonotda Afrika qit’asining tinchlik, ozodlik, birlik va hamjihatlik ruhini ifodalovchi ushbu muhim kun bilan Afrika xalqini samimiy tarzda qutladi.
Bayonotda Turkiyaning Afrika ittifoqining strategik hamkori ekani yodga solinib, hamkorlikning asosiy tamoyillariga e’tibor qaratildi. Unda shuningdek:
«Turkiya Afrika ittifoqining strategik hamkori sifatida teng sheriklik, o‘zaro ishonch va hurmat hamda yutuq tamoyili asosida Afrika qit’asining taraqqiyot, adolat va tinchlik yo‘lidagi harakatida Afrika xalqlari bilan doimo birga bo‘lishni davom ettiradi. Shu doirada, joriy yilda o‘tkazishni maqsad qilganimiz va hamkorligimizni yanada rivojlantirish imkonini beradigan To‘rtinchi Turkiya – Afrika Hamkorlik sammitiga tayyorgarlik ishlari puxta olib borilmoqda. Turkiya va Afrika tinchlik, farovonlik va barqarorlikni mintaqaviy hamda xalqaro darajada mustahkamlash uchun birgalikda ishlashda davom etadi» - degan ifodalarga o‘rin berildi.



















