TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidan Turkiya - Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga e'tibor qaratdi
Hakan Fidan Yaponiyada faoliyat yurituvchi Nikkei Asia nashriga bergan intervyusida, Turkiya - Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr bildirdi.
Fidan Turkiya - Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga e'tibor qaratdi
_

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Yaponiyada faoliyat yurituvchi Nikkei Asia nashriga bergan intervyusida Turkiya - Yaponiya ortasidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr bildirdi.

Hakan Fidan Turkiyaning insonsiz havo transportlari (IHT) ishlab chiqarish sohasida yetakchi davlatlardan biri ekanini ta’kidlab, Anqaraning Tokio bilan mudofaa sanoati yonalishidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyorligini ma’lum qildi.

“Turkiya bilan Yaponiya bir - birini toldiruvchi imkoniyat va salohiyatlarga egadir. Ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos mavjud deb hisoblaymiz”, — dedi u.

Fidanning ta’kidlashicha, Turkiya ishlab chiqqan insonsiz havo transportlari yoki dron texnologiyalari turli operatsion sharoitlarda oz samaradorligini isbotlagan. Ayniqsa, qirgoq va chegara xavfsizligini ta’minlash sohalarida Yaponiya bilan qoshma tadqiqotlar olib borish hamda qoshma ishlab chiqarishni yolga qoyish uchun muhim imkoniyatlar mavjud. “Aviasiya sohasida, xususan, insonsiz havo tizimlari va dronlarga qarshi kurash texnologiyalari yonalishida Turkiya ilgor va amaliyotda sinovdan otgan salohiyatni shakllantirdi. Bu esa ikki mamlakat ortasidagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor bolib xizmat qilishi mumkin”, — dedi vazir.

Ulkan hamkorlik imkoniyatlari mavjud

Hakan Fidan ikki mamlakat ortasidagi hamkorlik faqat mudofaa sanoati bilan cheklanib qolmasligini qayd etdi. Uning sozlariga kora energetika, raqamli transformatsiya, aviatsiya va kosmik texnologiyalar, robototexnika hamda barqaror ta’minot zanjirlari kabi yonalishlarda ham hali toliq ishga solinmagan katta salohiyat mavjud.

Turkiyaning strategik ahamiyatga ega mineral resurslari haqidagi savolga javob berar ekan, Fidan mamlakatning uzoq muddatli sanoat strategiyasiga toxtaldi. “Bizning maqsadimiz faqat xomashyo qazib olish bilan cheklanmaydi. Asosiy vazifa — yuqori qoshilgan qiymatga ega yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Shu nuqtai nazardan, Yaponiya texnologiyasi va investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli sheriklikni yaratishi mumkin. Biz bu yonalishda Yaponiya bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyormiz”, — dedi Hakan Fidan.