Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan telefon orqali muloqot qildi. Mavzu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali ma’lumot berildi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, muloqot davomida Turkiya - Jazoir munosabatlaridan tashqari mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyat qo‘lga olindi.
Muloqotda Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya bilan Jazoir o‘rtasidagi hamkorlikni avvalo savdo, energetika va mudofaa sanoati sohalarida; shuningdek barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish uchun ish olib borayotganliklarini ta’kidladi. Shuningdek, Turkiya sifatida mintaqada va dunyoda tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y - harakatlarni kuchaytirgan holda davom ettirishlarini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun va birodar Jazoir xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.




















