Turkiya Respublikasi Prezidenti o‘rinbosari yoki vitse - prezident Jevdet Yilmaz, Istanbul fathining 573 - yilligi munosabati bilan NSosyal ijtimoiy tarmoq orqali:
"Istanbul fathining 573 - yilligi muborak bo‘lsin. 1453 - yilning 29 - may kuni nafaqat bir shahar fath etilgan kun; balki adolat, ilm, ulkan bir ko‘z qarash va ajdodlarimizning madaniy tasavvurining dunyoga e’lon qilingan tarixiy burilish nuqtasidir. Qit'alar va madaniyatlarni birlashtirgan Istanbul, asrlar davomida turli madaniyatlarga mezbonlik qilib kelgan, xalqimizning iroda va ruhini o‘zida aks ettirgan beqiyos bir omonatdir. Bugun ham bu omonatni munosib tarzda kelajak avlodlarga yetkazish uchun ishlayapmiz" - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Jevdet Yilmaz, Fatih Sultan Mehmetni, qahramon qo‘shinni va fathda ishtirok etgan barcha nafarlarni rahmat va minnat bilan yod etdi.




















