Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu bitim Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik energetika hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi.
Kelishuvga ko‘ra, Ozarbayjonning Absheron gaz konida amalga oshirilayotgan yangi investitsiyalar doirasida 2029-yildan boshlab Turkiyaga 15 yil davomida jami 33 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.
Mazkur loyiha Turkiyaning mintaqaviy energetika markaziga aylanish maqsadini qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, Turkiya, mintaqa va Yevropaning energiya ta’minoti xavfsizligiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar avvalroq Ozarbayjon bilan 15 yil davomida har yili 2,25 milliard kub metr, jami 33 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berishni nazarda tutuvchi kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi.




















