DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish qoidalari qayta belgilanishi aytilmoqda
Eron davlat televideniyesi Pokiston o‘rtamchiligida ikki davlat o‘rtasida tayyorlangan 14 bandli o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasiga oid norasmiy hujjatni e’lon qildi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish qoidalari qayta belgilanishi aytilmoqda
_

Eron davlat televideniyesi ikki davlat o‘rtasida Pokiston o‘rtamchiligida tayyorlangan 14 banddan iborat o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasining mazmuniga oid «rasmiy bo‘lmagan hujjat»ni e’lon qildi.

Mazkur norasmiy matnga ko‘ra kelishuvning eng muhim bandlaridan biri Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish qoidalarini qayta belgilashni nazarda tutadi.

Unga muvofiq, Eron bo‘g‘oz orqali harakatlanadigan kemalarning maqomi va xususiyatini belgilash bo‘yicha mutlaq vakolatga ega bo‘ladi. Yukni tahdid sifatida baholangan yoki yakuniy operatori Eron uchun dushman deb hisoblangan har qanday kema tijorat kemasi maqomida tan olinmaydi hamda belgilangan dengiz yo‘laklari orqali o‘tishiga ruxsat berilmaydi.

Xabarda ta’kidlanishicha, memorandum matni hozircha Eron tomonidan ko‘rib chiqilayotganligi sababli hujjat hali rasmiy maqomga ega emas va norasmiy xarakter kasb etadi.