ASELSAN va Turkiya Respublikasi Mudofaa sanoati boshqarmasi (SSB) o‘rtasida “jamoat xavfsizligi aloqa tizimlari” hamda “sun’iy yo‘ldosh va kosmik tizimlar ta’minoti” bo‘yicha umumiy qiymati 845 million AQSh dollariga teng bo‘lgan shartnomalar imzolandi.
ASELSAN tomonidan Ommaviy axborotni oshkor qilish platformasi (KAP) orqali berilgan bayonotda yangi ish bitimlari e’lon qilindi.
Bayonotda shunday deyiladi:
TAVSIYA ETILADI
“ASELSAN va SSB o‘rtasida jamoat xavfsizligi aloqa tizimlari hamda sun’iy yo‘ldosh va kosmik tizimlar ta’minotiga oid umumiy qiymati 845 million AQSh dollarini tashkil etuvchi shartnomalar imzolandi. Mazkur shartnomalar doirasidagi yetkazib berish ishlari 2026 yildan boshlab amalga oshiriladi.”





















