Isroil Livan janubidagi noqonuniy ishg‘olini kengaytirib, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Bofor (Beaufort) qal’asini egalladi va shu tariqa 17-aprel kuni AQSh vositachiligida erishilgan sulhni buzdi.
Sur (Tyre) va Nabatiya atrofidagi hujumlarni kuchaytirgan Isroil kuchlari harbiy amaliyotlarini shimolga, Zahroniy daryosi tomon — Litani daryosi chizig‘idan ancha uzoqqa — kengaytirdi. Tel-Aviv avvalroq Hizbulloh kuchlarini siqib chiqarish maqsadida harakatlar Litani daryosi hududi bilan cheklanishini da’vo qilgan edi.
Hozirda Isroil ishg‘oli ostidagi hudud taxminan 2 ming kvadrat kilometrni tashkil etmoqda. Bu esa Livan hududining qariyb beshdan bir qismiga teng keladi.
TAVSIYA ETILADI
















