Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush yuzasidan hayotini yo‘qotgan bolalarni yod etganini bildirgan holda: «Rossiya to‘liq bosqin uyushtirishni boshlagan kundan beri ukrainalik kamida 707 nafar yosh bolani o‘ldirdi» - dedi.
Zelenskiy 4 iyun — Xalqaro mojarolarda qurbon bo‘lgan gunohsiz bolalar kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yozma ravishda bayonot berdi va unda Rossiya - Ukraina urushi sababli hayotini yo‘qotgan bolalarni yod etganini ifoda etgan Zelenskiy mavzu haqida:
«Rossiya to‘liq bosqin uyushtirishni boshlagan kundan beri ukrainalik kamida 707 nafar yosh bolani o‘ldirdi. Har bir o‘lim - kelajagi o‘g‘irlangan bola degan ma’noni anglatadi. Rossiya bu jinoyatlar uchun javobgarchilikka tortilishi kerak» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

















