TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Isroilning urush harakatlariga qaramay ehtiyotkor optimizmni saqlamoqda
Prezident Erdo'g‘an na mintaqa, na dunyo o‘tmishga qayta olmasligini aytdi; yuz berayotgan siljishlarning ta’siri vaqt o‘tishi bilan yanada aniqroq ko‘rinishi haqida ogohlantirdi.
Turkiya Isroilning urush harakatlariga qaramay ehtiyotkor optimizmni saqlamoqda
Erdog'an aytdi, na mintaqa, na dunyo o'tmishga qayta olmaydi. / TRT World

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an Isroil kabi subyektlar urush olovini qayta alanga oldirishga urinayotganiga qaramay, jarayonni "ehtiyotkor optimizm" bilan kuzatayotganlarini bildirdi. Erdog‘an juma kuni Istanbuldagi Do’lmabaxche Prezidentlik qarorgohida o‘tkazilgan "Turkiya asri - investitsiyaning kuchli markazi" dasturidagi nutqida, na mintaqa, na dunyo o‘tmishga qayta olmasligini ta’kidlab, bunday katta larzaga sabab bo‘lgan siljishlarning aks-sadolari vaqt o‘tishi bilan aniqroq ko‘rinishini qayd etdi.

"Turkiya so‘nggi yillarning eng yirik xavfsizlik inqirozlaridan birini muvaffaqiyatli boshqarib, o‘z mintaqasida barqarorlik oroli ekanini yana bir bor tasdiqladi va muhrladi", dedi u. Erdog‘anning bu bayonotlari Isroilning G'azo'dagi urushi, Livan va Suriyaga nisbatan davom etayotgan hujumlari hamda Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri keskinlashuvni o‘z ichiga olgan harbiy tajovuzkorligini bir necha frontga yoygan bir davrga to‘g‘ri keldi.

Turkiya Isroilning ortib borayotgan hujumlari mintaqaviy beqarorlikni chuqurlashtirishi va keng ko‘lamli mojarolarni keltirib chiqarishi xavfidan bir necha bor ogohlantirar ekan, Yaqin Sharq bo‘ylab bosiqlik va keskinlikni pasaytirishga chaqiruvchi barqarorlik o‘rnatuvchi subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Investitsiya markazi

Erdo’g‘an, shuningdek, Turkiyani yetakchi global investitsiya markaziga aylantirish uchun keng ko‘lamli islohotlar va’da qilib, mamlakatning asosiy moliya hududiga xalqaro kapitalni jalb qilishga qaratilgan yangi imtiyozlar haqida ishora berdi. Hukumatning iqtisodiy yo‘l xaritasi haqida gapirar ekan, Erdo’g‘an Anqara Turkiyani "dunyoning eng jozibador investitsiya markazlaridan biriga" aylantirish uchun "keng qamrovli tartibga solish" ishlarini olib borishini aytdi va investorlar ishonchi hamda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan yangi qadamlarga urg‘u berdi.

Rejaning markazida Istanbul moliya markazi turibdi. Hukumat ushbu hududda faoliyat yuritayotgan shirkatlarga qo‘shimcha soliq imtiyozlari berishni maqsad qilgan. Erdo’g‘an ushbu markaz orqali tranzit savdo qilayotgan firmalar daromadlarining 95 foiz soliq imtiyozidan foydalanishini ta’kidlab, bu qadam Istanbulni global moliya oqimlari va savdo uchun asosiy markazga aylantirishni ko‘zlashini aytdi.

Mazkur choralar Turkiyaning Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq o‘rtasidagi geografik joylashuvini ustunlikka aylantirgan holda, muqobil moliya bazalarini qidirayotgan ko‘p millatli shirkatlar nazarida jozibadorlikni oshirishga qaratilgan kengroq strategiyani aks ettiradi. Erdo’g‘an bu tashabbusni iqtisodiy chidamlilikni mustahkamlash va yuqori qo‘shimcha qiymatli investitsiyalarni kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli qarashning bir qismi sifatida taqdim etdi; Anqara jahon investitsiya muhitida o‘z ustunligini oshirish uchun qo‘shimcha tartibga solish qadamlarini tashlashi mumkinligiga ishora qildi.