DUNYO
2 daqiqa o'qish
Eron Ko‘rfaz portlarining xavfsizligi tahdid ostida ekanini qayd etdi
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi keskinlik yuzasidan Ko‘rfaz portlari xavfsizligi tahdid ostida ekaniga e'tibor qaratdi.
Eron Ko‘rfaz portlarining xavfsizligi tahdid ostida ekanini qayd etdi
_
5 соат олдин

Erondagi ikki yarim rasmiy axborot agentligi Eron inqilobiy gvardiyasi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi to‘liq Eron nazoratida ekani va u harbiy bo‘lmagan kemalar uchun ochiq ekani faqat harbiy kemalarga qat’iy javob qaytarilishini bildirganini ma’lum qildi.

Bu tahdid Vashington tomonidan dushanba kuni (13.04.2026) GMT 14:00 dan boshlab Eron portlariga nisbatan blokada joriy etilishi e’lon qilinishi ortidan qayd eitldi.

AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinliklar Pokistonda o‘tkazilgan AQSh – Eron sulh muzokaralari kelishuvsiz yakunlanishi ortidan otashkesim e’lon qilinishiga qaramay davom etmoqda.

Muzokaralarda Eron nomidan ishtirok etgan parlament spikeri Muhammad Bagher Galibaf yurtga qaytar chog‘ida bergan bayonotida, Donald Trampga murojaat qilib shunday dedi: «Siz urushsangiz, biz ham urushamiz».

Yettinchi haftasiga kirgan urush minglab insonning halok bo‘lishiga va global bozorlarning izdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Eron, AQShning Eron portlari va qirg‘oq hududlariga blokada e’lon qilishi ortidan Basra va Ummon ko‘rfazlaridagi portlarga tahdid qildi.

Eron inqilobiy gvardiyasi davlat telekanali IRIB orqali e’lon qilgan bayonotda, Fors ko‘rfazi va Ummon dengizidagi portlar xavfsizligi «yo hamma uchun yoki hech kim uchun» ekanini ta’kidladi.

Bayonotda Eron qurolli kuchlari «mamlakatning qonuniy huquqlarini himoya qilishni tabiiy va qonuniy vazifa deb bilishi, shu bois Eronning o‘z hududiy suvlari ustidan mustaqilligining foydalanilishi Eron xalqining tabiiy huquqi» ekani qayd etildi.

Shuningdek, bayonotda «dushman bilan bog‘liq kemalar»ning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishiga ruxsat berilmasligi, boshqa kemalar esa Tehron belgilagan qoidalarga muvofiq harakatlanishi mumkinligi bildirildi.

Eron inqilobiy gvardiyasi «davom etayotgan dushman tahdidlari»ga ishora qilib, urush tugaganidan keyin ham Eron «Ho‘rmüz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun doimiy mexanizmni qat’iyat bilan joriy etishini» ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek: «Jinoyatchi AQShning xalqaro suvlarda dengiz harakatiga qo‘ygan cheklovlari noqonuniy bo‘lib, qaroqchilikka tengdir», - degan ifodalarga o‘rin berildi.