SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp Eronni ertagayoq nishonga olishi mumkinligini qayd etdi
Donald Tramp AQSh Eronni hatto ertagayoq nishonga olishi yoki Tehron hukumati bilan yirik va ajoyib kelishuvga erishishi mumkinligiga e'tibor qaratdi.
Tramp Eronni ertagayoq nishonga olishi mumkinligini qayd etdi
_

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Vashington Eronга qarshi yangi hujumlarni ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlar ortidan, AQSh Eronni hatto «ertagayoq» nishonga olishi yoki Tehron hukumati bilan yirik va ajoyib kelishuvga erishishi mumkinligini qayd etdi.

Ehtimoliy hujum bo‘yicha qaror qabul qilish bosqichiga qanchalik yaqin kelgani haqidagi savolga javob bergan Tramp mavzu haqida jurnalistlarga: «Buni ko‘rib chiqyapmiz, ehtimol, ertagayoq amalga oshiramiz», - dedi.

Tramp: «Agar buni amalga oshirmoqchi bo‘lsam, buni haqiqatan sizlarga ham aytaman deb o‘ylaysizmi?» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eron AQSh bilan kelishuvga erishish orqali yangi harbiy hujumlarning oldini olishi mumkinligini ta’kidlagan Tramp: «Ular kelishuv tuzishni istashyapti ammo muammo shundaki, ular kelishuvga amal qilishadimi?» - dedi.

Maqsadi Eronning kelajakda yadroviy qurol ishlab chiqishiga to‘sqinlik qilish ekanini ta’kidlagan Tramp, avvalroq B - 2 bombardimonchi samolyotlari yordamida amalga oshirilgan AQSh amaliyoti doimiy natijani ta’minlash uchun yetarli bo‘lmasligini ifoda etdi.

Tramp: «Men buni doimiy holga keltirishim kerak. Buni amalga oshirishimning yagona sababi shu», - deya gapirdi.

Saylovdan keyingi hujum rejalari

Ayniqsa, The New York Times gazetasida e’lon qilingan so‘nggi xabarlar AQSh va Isroil Amerika Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlardan keyin Eronga qarshi yangi hujumlar uchun harbiy tayyorgarlikni jadallashtirayotgani hamda qisqa muddatli biroq shiddatli harbiy amaliyot bo‘yicha batafsil rejalar ustida ishlayotganidan dalolat berdi.

Gazeta AQSh rasmiylari va yuqori darajadagi muzokaralardan xabardor shaxslarga tayanib bergan xabarida, ikki davlat armiyalari hujumkor harakatlarni mashq qilish maqsadida harbiy mashg‘ulotlarni kuchaytirganini bildirdi. Bunga Iroq havo hududida amalga oshirilgan parvozlar ham kiradi.