DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya - Ukraina o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan otashkesim muddati tugadi
Rossiya - Ukraina o‘rtasida Pasxa bayrami munosabati bilan joriy etilgan 32 soatlik otashkesim muddati tugar ekan, tomonlar bir - birini qoidabuzarlikda ayblay boshladi.
Rossiya - Ukraina o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan otashkesim muddati tugadi
_
10 соат олдин

Moskva bilan Kiyev bir - birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblar ekan, shanba kuni (11.04.2026) sulh boshlanishidan atigi bir necha soat o‘tib mingdan ortiq dron va artilleriya hujumlari sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Rossiya Mudofaa vazirligi yakshanba kuni (12.04.2026) kechqurun Ukraina tomonidan jami 1 ming 971 ta sulh buzilishi holati qayd etilganini iddao qildi.

Vazirlik, shuningdek, Ukraina qo‘shinlari Dnipropetrovsk, Sumi va Donetsk hududlaridagi Rossiya pozitsiyalariga qarshi tunda ko‘plab hujumlar uyushtirganini bildirdi.

Boshqa tomondan, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi sulh boshlanishidan yakshanba kuni (12.04.2026) soat 22:00 gacha 7 ming 696 ta buzilish holatini qayd etganini ma’lum qildi.

Bu raqamlar ichida 1 ming 355 ta artilleriya hujumi, 115 ta hujum amaliyoti va 6 ming 226 ta kamikadze dron hujumlari borligi qayd etildi.

Joriy 2026 – yilning fevral oyida beshinchi yiliga kirgan urush sharoitida bu iddaolarni mustaqil ravishda tasdiqlash esa murakkab.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin payshanba kuni (09.04.2026) sulhni e’lon qilar ekan, harbiy qo‘mondonlikka uni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi hamda Ukraina provokatsiya qilgan taqdirda Moskva javob choralarini ko‘rishini bildirdi.

Sulh kuchga kirishidan bir necha soat oldin esa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Kiyev ham ushbu tashabbusga qo‘shilib, «xuddi shunday» harakat qilishini ifoda etdi.

Mazkur majburiyatlarga qaramay, har ikki tomon ham sulh boshlanganidan bir necha soat o‘tib bir - birini uni buzishda aybladi.