SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp elchilarning Pokistonga bo‘lgan sayohatlarini bekor qildi
Tramp, AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff va maslahatchisi Jared Kushnerning eronlik rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga rejalashtirilgan safarlarini bekor qildi.
Tramp elchilarning Pokistonga bo‘lgan sayohatlarini bekor qildi
_

Amerika Qoshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, shanba kungi (25.04.2026) matbuot xabarlariga ko‘ra, AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff va maslahatchisi Jared Kushnerning eronlik rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga rejalashtirilgan safarlarini bekor qilganini ma’lum qildi.

Tramp, Fox News nashriga bergan intervyusida, nomi tilga olingan safar uchishdan biroz oldin to‘xtatilganini bildirdi.

Tramp mavzu haqida shunday dedi: “Hozirgina odamlarimga aytdim, ular yo‘lga chiqishga tayyorlanayotgan edilar va ‘Yo‘q, siz u yerga borish uchun 18 soatlik yo‘l yurmaysiz’ - dedim. Barcha imkoniyatlar bizning qo‘limizda. Ular istagan payt bizga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin lekin endi u yerda o‘tirib biron nima gaplashish uchun 18 soatlik uchishingiz shart emas”.

Telefon orqali Axios nashriga bergan alohida bergan intervyusida Tramp: “ularni yuborishning ma’nosi yo‘q” deb hisoblashini bildirdi, muzokaralarni masofadan turib ham xuddi shunday samarali olib borish mumkinligini ta’kidladi.

Tramp: “Buni telefon orqali ham bir xil darajada yaxshi amalga oshirishimiz mumkin. Eronliklar xohlasa, bizga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Faqat u yerda o‘tirish uchun safar qilmaymiz” - dedi.

Axios nashrining bu qaror urushni qayta boshlab - boshlamasligidan dalolat berib - bermasligi haqidagi savolga Tramp: “Yo‘q, bu unday ma’noda emas. Biz buni hali o‘ylab ham ko‘rmadik” - deb javob berdi.

Muzokaralarning birinchi bosqichi ikki hafta oldin Islomobodda o‘tkazilgan, biroq 28 - fevralda boshlangan va butun Yaqin Sharqqa yoyilgan mojaroni yakunlaydigan kelishuvga erishilmagan edi. Ushbu uchrashuvlar Pokistonning 8 - aprel kuni ikki haftalik sulhga vositachilik qilishi ortidan o‘tkazilgan bo‘lib, keyinchalik sulh yoki otashkesim Tramp tomonidan uzaytirilgan.

Eron esa o‘z kuzatuvlarini Pokistonga yetkazishini bildirgan holda, AQSh bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralarda qatnashishni rad etdi.

Kelishmovchilik nuqtalaridan ayrimlari sifatida Hormuz bo‘g‘ozi, AQShning Eron portlariga qo‘llagan blokadasi va Eronning boyitilgan uran zaxirasi masalalari ko‘rsatilmoqda.