Litva Bosh vaziri Inga Ruginiene Turkiyani kuchli harbiy salohiyatga va strategik geografik joylashuvga ega muhim NATO ittifoqchisi ekaniga e’tibor qaratar ekan, Litva, Turkiyaning Baltika mintaqasi xavfsizligiga ko‘rsatgan birdamligi va hissasini yuqori baholashini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Ruginiene bu fikrlarni dushanba va seshanba kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Anqara sammiti arafasida Anado‘lu axborot agentligiga yozma ravishda bergan intervyusida qayd etdi. U sammitda, transatlantik birlik va barcha ittifoqchilar Vashington shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga qat’iy sodiqligini tasdiqlashini kutayotganini bildirdi.
«Bu kontekstda mudofaa xarajatlarini oshirish va mudofaa salohiyatini rivojlantirish ishonchli himoya va mudofaa pozitsiyasini ta’minlash uchun juda muhim» - dedi u.
Mudofaa sanoatini mustahkamlash
Ruginiene Litva Anqara sammitidan yalpi ichki mahsulotning 5 foizini mudofaaga ajratish maqsadiga erishish yo‘nalishida aniq yutuqlar bo‘lishini, xususan havo mudofaasini kuchaytirish va ishonchli mudofaa pozitsiyasini ta’minlash borasida aniq qadamlar tashlanishidan umidvor ekanini bildirdi.
«Mudofaa sanoatini mustahkamlash bizning ustuvorliklarimizdan biri. Ittifoqchilar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi, innovatsiyalarni tezlashtirishi va xarajatlarni nazorat ostida ushlashi kerak» - dedi u.
Ruginyene shunday dedi: «Nima demoqchi bo‘lganimiz ochiq - oydin o‘rtada. Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari, harbiy kuch to‘plashi va ittifoqchilarga qarshi olib borayotgan gibrid faoliyati Yevropadagi xavfsizlik muhitini tubdan o‘zgartirdi. Bunday yangi tahdidlar sharoitida mudofaa byudjetini oshirishning muqobili yo‘q. Xavfsizlikni o‘z - o‘zidan kafolatlangan narsa deb bo‘lmaydi».
















