Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgani va unda mintaqadagi hamda dunyodagi oxirgi vaziyatni muhokama qilganini ma’lum qildi.
Kommunikatsiyalar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi 31 - Tomonlar konferensiyasi (COP31) doirasida Antaliyada o‘tkazilayotgan Yetakchilar sammitida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Mintaqadagi va dunyodagi masalalar muhokama qilingan uchrashuvda Prezident Erdo‘g‘an Turkiya COP31 raisligini o‘z zimmasiga olganidan mamnun ekani, muvaffaqiyatli konferensiya o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlari yakunlanganini bildirdi. Shuningdek, Turkiyada bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir iqlim bilan bog‘liq muammolarni hal etishda yangi boshlanish nuqtasi bo‘lishidan umidvor ekanini qayd etdi.
Erdo‘g‘an Turkiya Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli kuchayib borayotgan keskinlikni yumshatish, muammolarni muloqot va diplomatiya yo‘li orqali hal etish maqsadida mintaqa davlatlari bilan birgalikda sa’y - harakatlarini davom ettirayotganini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi urushni yakunlash yo‘lida ham ish olib borayotgani, yangi muloqot jarayonini qo‘llab - quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Erdo‘g‘an bilan Guterrish uchrashuv davomida G‘azo, Kipr va Liviyadagi so‘nggi vaziyatni ham unutmadi.























