DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSh hujumlari ortidan Keshm orolida vaziyat nazorat ostida
Ahmad Nafisiy nishonga olingan hududlar turar joylar, savdo obyektlari va kommunal xizmat ko‘rsatish inshootlaridan uzoqda joylashganini bildirdi.
AQSh hujumlari ortidan Keshm orolida vaziyat nazorat ostida
_

Eronlik viloyat rasmiylaridan biri dushanba kuni (bugun) bergan bayonotida AQShning tunda Eronning Keshm oroliga qarshi uyushtirgan hujumlari natijasida turar joylar, savdo hududlari yoki muhim infratuzilmaga ziyon yetmaganini ma’lum qildi.

Yarim rasmiy Fars axborot agentligining xabar berishicha mamlakat janubidagi Ho‘rmozgon viloyati gubernatorining siyosiy, xavfsizlik va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad Nafisiy nishonga olingan hududlar turar joylar, savdo obyektlari va kommunal xizmat ko‘rsatish inshootlaridan uzoqda joylashganini bildirdi.

«Zarba berilgan nuqtalar turar joylar, savdo hududlari va kommunal xizmatlar infratuzilmasidan tashqarida edi. Shu sababli orolning muhim infratuzilmasi yoki asosiy xizmat ko‘rsatish tizimlariga hech qanday ziyon yetmadi», - dedi u.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlari shay holatda

Nafisiyning ta’kidlashicha Keshm orolidagi vaziyat nazorat ostida. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari, kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari va ma’muriy idoralar yuqori shaylik holatida faoliyat yuritmoqda.

Bu bayonotlar yakshanba kuni kechqurun janubdagi Bandar - Abbos port shahri va unga yaqin Keshm orolida portlashlar sodir bo‘lgani haqidagi xabarlardan keyin qayd etildi.

Fars axborot agentligi dastlab mahalliy manbalarga tayanib, portlashlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harakatlanish qoidalarini buzganlikda gumon qilingan kemalarga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzilishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi. Eron rasmiylari esa hodisa sabablariga doir izoh bermadi.

Strategik dengiz yo‘li keskinlik markazida

Keshm oroli Bandar - Abbos yaqinida, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining kirish qismida joylashgan. Ushbu bo‘g‘oz jahon neft eksportining muhim qismi tashiladigan strategik dengiz yo‘li hisoblanadi.

Mazkur voqealar mojaroni yumshatishga qaratilgan diplomatik sa’y - harakatlarga qaramay Vashington va Tehron o‘rtasida bo‘g‘oz xavfsizligi hamda kemalarning erkin harakatlanishi borasidagi keskinlik davom etayotgan bir paytda yuz berdi.

 

Boxabar bo'ling!
Sanders: Demokratlar Erondagi urushni moliyalashtirishni to‘xtatishi kerak
Turkiy davlatlar qo‘shma sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda
Pokistonda politsiyachilarga qurolli hujum uyushtirildi
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida kiberhujumlar kuchaydi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga qarshi 44 ta raketa orqali hujum uyushtirdi
AQSh Ukrainaga mudofaa sohasida 2,1 milliard dollarlik ehtimoliy savdoni ma’qulladi
Tramp AQShdagi oraliq saylovlar oldidan so‘nggi mitinglarini bekor qildi
Rossiya - Ukraina hujumlarida ikki kishi halok bo‘ldi
Tramp saylovdagi firibgarlik haqida xabar berganlarga 1 million dollar to‘lanishini e’lon qildi
Yevroparlamentning 60 deputati YIni Isroilga qarshi sanksiyalar uchun yig‘ilishga chaqirdi
Arab koalitsiyasi: “Husiylar Saudiya Arabistoniga uchirgan 3 ta raketa va 4 ta dron yo‘q qilindi”
Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Eron yig‘ilishining yakuniy bayonoti e’lon qilindi
Rossiya Ukrainaning Xerson yo‘nalishida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatdi
Qatar amiri Ol Soniy O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev bilan uchrashdi
Eron: “Makka ittifoqiga a’zo davlatlarning yuqori martabali vakillari Tehronga tashrif buyuradi”
Isroilning G'azzada Falastinliklarning chodirlariga uyushtirgan hujumida biri bola 3 kishi halok bo'ldi
PKKning Sinjardagi bo‘linmasi qurolsizlanib, Iroq armiyasiga qo‘shiladi
Rossiya: Ukrainada logistika markazlari va quruq yuk kemasiga zarba berdik
Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida IHT hujumlari avj oldi
Rossiya: Ukrainada port va harakatlanayotgan quruq yuk kemasiga zarba berdik