DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSh Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar uyushtirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda
Pokistonda o‘tkazilgan tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanishi ortidan AQSh Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar uyushtirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda.
AQSh Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar uyushtirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda
_
9 соат олдин

The Wall Street Journal nashrining xabariga ko‘ra juma kuni (10.04.2026) Pokistonda o‘tkazilgan tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanishi ortidan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar uyushtirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda.

Islamabadda bo‘lib o‘tgan muzokaralarga AQSh vitse - prezidenti JD Vance boshchilik qildi, biroq muzokaralar hech qanday kelishuvsiz yakunlandi. Gazetaning yakshanba kungi (12.04.2026) xabariga ko‘ra Prezident Donald Trump va uning maslahatchilari mavjud boshi berk ko‘chadan chiqish uchun Hormuz bo‘g‘oziga nisbatan AQSh dengiz blokadasini joriy etish, shuningdek, Eronda cheklangan harbiy zarbalarni qayta boshlash variantlarini muhokama qilmoqda.

Floridadagi qarorgohidan Fox Newsga bergan intervyusida Tramp keskinlik kuchayishda davom etgudek bo‘lsa unda Eronning energetika stansiyalari va suv inshootlari nishonga olinishi mumkinligini qayd etdi. U: “Buni qilishni istamasdim ammo biz oson nishonga aylanuvchi suv inshootlari, dengiz suvini tozalash qurilmalari va elektr ishlab chiqarish stansiyalari haqida gapiryapmiz”, — deya barcha variantlar ko‘rib chiqilayotganini ochiq - oydin ma’lum qildi.

Blokada strategiyasi

Oq uy Matbuot xizmati kotibi Oliviya Uels, Hormuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasi Eron shantajiga chek qo‘yish maqsadida ishlab chiqilganini tasdiqlar ekan prezident barcha qo‘shimcha variantlar oqilona ravishda kun tartibida ekanini ta’kidladi. Vashington esa Erondan barcha uranni boyitish faoliyatini to‘xtatish, obyektlarini demontaj qilish va yanada keng ko‘lamli xavfsizlik tizimini qabul qilishni talab qilmoqda.

Blokada strategiyasi Eron davlat budjetining qariyb yarmiga teng bo‘lgan neft daromadlarini to‘xtatishni ko‘zlamoqda biroq bu yondashuv jiddiy xavflarni ham o‘z ichiga oladi. Chunki Eron qirg‘oqlariga yaqin hududlarda faoliyat yuritayotgan AQSh Harbiy - dengiz kuchlari kemalari qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan dron va raketa hujumlariga duch kelishi mumkin.