Fidan: Netanyaxu siyosati mintaqa va xalqaro xavfsizlik uchun tahdiddir
TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Fidan: Netanyaxu siyosati mintaqa va xalqaro xavfsizlik uchun tahdiddirHakan Fidan Netanyaxu siyosatini tanqid qilgan holda uni mintaqa va xalqaro xavfsizlik uchun tahdid tashkil etishini qayd etdi.
_

2026 - NATO sammiti ortidan Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan 'The National' gazetasiga bayonot berdi.

Hakan Fidan: "Bo‘g‘azdan o‘tish qanday amalga oshirilishi borasida ikkala tomon o‘rtasida aloqa yetishmasligi va noto‘g‘ri tushuncha bor degan fikrdaman" - dedi.

Hakan Fidan Eronlik hamkasbi Abbos Aroqchi bilan telefon orqali bo’lib o’tgan suhbatiga oid fikrlarida, suhbat unga "muammoning ildizini chuqurroq tushunish" imkoni berganini bildirib o‘tdi.

U yechim mintaqadagi taranglikni kamaytirish ekanligini ta’kidladi va har ikki tomon ham haqiqatan tinchlikka erishish va sulh bitimi orqali oldinga siljishni xohlashini qayd etdi.

Fidan: "Biroq har doim ehtimoliy xatolar bo‘lishi mumkin va aloqa xatolari, provokatsiyalar yoki qarshi zarbalar tufayli juda ehtiyotkor bo‘lishimiz zarur" - deb baholadi.

Hakan Fidan, "Netanyaxu hukumatining siyosatlari faqat biz uchun muammo emas. Ularning siyosati va hukumat Isroil uchun yuk, mintaqa uchun yuk va xalqaro xavfsizlik uchun ham tahdiddi" - dedi.

Ochig‘ to‘qnashuvga olib keladigan sabab yo‘q

“So‘nggi paytda paydo bo‘lgan bayonotlarning Turkiya bilan Isroil o‘rtasida ochiq to‘qnashuvga olib kelishi mumkinmi” - degan savolga Fidan: "Ochig‘ to‘qnashuvga olib keladigan sabab yo‘q" - deb javob berdi.

U yevropalik yetakchilar Isroil yaratgan tahdidini sezishni boshlagani ammo bu muammoni qanday hal qilishni hali topa olmaganini ifoda etdi va “Suriyadagi har qanday harakatlar taraqqiyotni to‘xtatsa, vaziyatni o‘zgartirishi mumkin” deb ogohlantirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan: "Isroil barqaror, yaxshi, kuchli, o‘zgarayotgan va rivojlangan Suriyani ko‘rishni xohlashiga ishonmaymiz" - dedi.

“Isroil Suriya hukumatini beqarorlashtirishga harakat qilyaptimi” - degan savolga esa Hakan Fidan: "Isroil hukumatining mintaqa davlatlariga nisbatan o‘tmishdagi va hozirgi xulq - atvoriga qaraganda, ha" - deb javob berdi.

Hakan Fidan, G‘azo Tinchlik kengashining "genotsidni to‘xtatishda samarali" ekanini ta’kidlab; rejaning, ayniqsa gumanitar yordam bo‘yicha, va’dalangan natijalarni hali to‘liq ko‘rsata olmaganini bildirdi.

Ko‘rfazdagi urush sababli xalqaro hamjamiyatning e’tibori boshqacha yo‘nalishga o‘tganini ifoda etgan Fidan, falastinliklarga ko‘proq gumanitar yordam yetib borishi uchun xalqaro hamjamiyat Isroilga ko‘proq bosim o‘tkazishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Hakan Fidan Turkiya o‘z tarixi tufayli mintaqaviy mojarolarda o’rtamchilik qilish va ularni to‘xtatishda noyob mavqega ega ekanini ta’kidladi: "Hammani bilamiz, har bir mojaroning dinamikasini tushunamiz" - dedi.

U mintaqa davlatlarining hududiy muammolarini o‘z zimmasiga olish va bu masalalarni qabul qilish vaqti kelganini bildirib, eski yondashuv bilan davom etish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishini aytdi.

Yangi mintaqaviy tuzilmalar boshqa mintaqaviy tashkilotlarga muqobil emas

Fidanning so‘zlariga ko‘ra muqobil bu — mintaqadagi har bir tomonni xavfsizligi, siyosiy suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatlovchi yangi xavfsizlik tartibidir. U bu yil boshida Turkiya, Pokiston, Misr va Saudiya Arabistoni mintaqada tinchlikka asoslangan yangi tartib yaratish maqsadida ishchi guruh tuzganini yodga soldi.

Fidan bu tuzilmaning Arab ittifoqi yoki Ko‘rfaz Hamkorlik kengashi kabi tashkilotlarning o‘rnini egallashni maqsad qilmaganini, balki tezroq ish olib borishni ko‘zlaganini ifoda etdi va xalqaro institutlar juda rasmiy bo‘lib, shuning uchun yaxshi yoki doimiy qaror qabul qilishda qiyinchiliklar borligini ta’kidladi.

Mintaqada har bir tomonning siyosiy suvereniteti va hududiy yaxlitligi kafolatlanishi kerak

Hakan Fidan har bir mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligi tan olingan davrga qaytish kerakligini ta’kidlab, quyidagilarni qayd etdi:

"Eron uzoq vaqtdan beri (Iroq kabi) mamlakatlarda vakil kuchlarni joylashtirish orqali yuritayotgan siyosatini, xuddi isroilliklarning xavfsizlik maqsadida mintaqaning qolgan qismini egallashi kabi, oldini olishga qaratilgan xavfsizlik siyosati deb ta’riflaydi. Agar biz mintaqadagi har bir tomonning xavfsizligi, xotirjamligi, siyosiy suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatlovchi yangi xavfsizlik tuzumini ishlab chiqsak, bu Eron uchun shuni ko’rsatishi mumkin: "Qarang, endi biz o‘z o’rnimizga chekinishimiz mumkin".

Fidan Eronning bu haqiqatlarni anglab yetishga yetarli pishqoqlikka ega ekaniga ishonishini bildirib, "Agar AQSh bilan Eron o‘rtasida tinchlik bitimi imzolanadigan bo‘lsa, haqiqatan ham sog‘lom muzokaralarga kirishishimiz mumkin" - dedi.

Hakan Fidan hozirda muammolarni aniqlashda, ularni yetkazishda va yechim topishda ochiq, shaffof va samimiy bo‘lish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.