Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Janubiy Korega bo‘lgan rasmiy tashrifi doirasida JTBC telekanaliga intervyu berdi.
Fidan unda Turkiya bilan Janubiy Koreya, Koreya urushidan buyon ittifoqchi ekani va hamkorlik 2012 - yilda strategik darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi. U mavzu haqida shunday dedi: «Demak, bizda institutsional jihatdan strategik hamkorlik mexanizmi mavjud. Har yili har ikki tomonda hokimiyatga kelgan hukumatlar, mening fikrimcha, barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda».
Hakan Fidan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning so‘nggi 24 yil davomida Janubiy Koreya bilan barcha darajadagi hamkorlikka katta ahamiyat berganini ifod aetib, tomonlar o‘zaro yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirib kelayotganini yodga soldi.
U savdo, mudofaa sanoati va texnologiya sohalaridagi hamkorlik «to‘g‘ri yo‘lda» ekaniga e’tibor qaratgan holda global muammolar bo‘yicha ham fikr almashuv kuchayib borayotganini qayd etdi.
Tashqi Ishlar vaziri shuningdek, har ikki tomon hozirda Sinop Atom elektr stansiyasi bo‘yicha imkoni bo‘lgan hamkorlikni muhokama qilayotganini bildirdi. U 2008 – 2009 -yillarda Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Bosh vazir bo‘lgan davrda ushbu loyiha ustida ishlagani, Koreya Elektr energetika korporatsiyasi (KEPCO) bilan yuqori darajada hamkorlik qilish rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramay, loyiha yakunlanmaganini bildirdi.
U bu safar loyiha amalga oshishiga ishonchi komil ekanini bildirar ekan, koreys texnologiyasining Turkiyadagi atom elektr stansiyasi qurilishlarida muhim rol o‘ynashi tarafdori ekanini ta’kidladi.


















