Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Turkiyaning tinchlik muzokaralari doirasida uch tomonlama davlat rahbarlari sammitiga mezbonlik qilish tashabbusini to‘liq qo‘llab - quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan ushbu tashabbusni ma’qullashini bildirdi.
Nyu - Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasidagi uchrashuvlari munosabati bilan Turk uyi (Türkevi) binosidan chiqayotganida jurnalistlarga bayonot bergan Zelenskiy, Ukraina bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar «juda kuchli» ekanini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini samarali deb baholagan Zelenskiy, Prezident Erdo‘g‘anning davlat rahbarlari ishtirokida uyushtiriluvchi uch tomonli uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyorligini tasdiqlaganini qayd etdi.
Zelenskiy: «Agar Prezident Erdo‘g‘an buni tashkil eta olsa, uchrashuvning Turkiyada o‘tkazilishi g‘oyasini qo‘llab - quvvatlashimizni ifoda etdim. Bunday sammit uchun kelishga tayyormiz» - dedi.
Dengiz xavfsizligi
Ukraina Prezidenti Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvida Qora dengizdagi dengiz xavfsizligi, ehtimoliy dengiz sulhi yoki mojaro yuz bermasligini ta’minlash tartibining shartlari hamda xalqaro oziq - ovqat xavfsizligi yo‘laklari ham muhokama qilinganini bildirdi.
Zelenskiy o‘z so‘zida: «Turkiya Qora dengizda Ukrainaning juda kuchli hamkoridir» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi erkin savdo bitimiga ham to‘xtalgan Zelenskiy, Kiyev bilan Anqara o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollardan 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganini bildirdi.
Zelenskiy: «Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmini 1 milliard dollardan 10 milliard dollarga oshirish haqida qaror qabul qildik. Bu yo‘nalishda oldinga siljiyapmiz. Juda yaxshi natijalarga erishyapmiz» - deya ta’kidladi.

















