SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Rezai: «Tramp na muzokara olib bora oladi, na urush qila oladi».
Muhsin Rezaiy, Ozarbayjon Bosh vazirining maslahatchisi Shahin Mustafayev bilan poytaxt Tehronda uchrashdi.
Rezai: «Tramp na muzokara olib bora oladi, na urush qila oladi».
_

Eron Milliy Xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rezaiy AQSh Prezidenti Donald Trampni tanqid qilib, «Tramp na muzokara olib bora oladi, na urush qila oladi» - dedi.

Eron matbuotida e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra Rezaiy Ozarbayjon Bosh vazirining maslahatchisi Shahin Mustafayev bilan poytaxt Tehronda uchrashdi.

Rezaiy uchrashuv chog‘ida bergan bayonotida: «AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari barcha xalqaro qonunlarga ziddir. Eron esa o‘zini katta kuch bilan himoya qildi. Tramp boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. U na muzokara olib bora oladi, na urush qila oladi» - deya ta’kidladi.

Mamlakati AQShga o‘z shartlarini taqdim etganini yodga solgan Rezaiy, Trampning qaror qabul qilishga qodir emasligini iddao qilib: «AQSh jang maydonidagi ojizligi sababli havo blokadasini joriy etishga kirishdi» - dedi.

Rezaiy tarix davomida mintaqaga ko‘plab xorijliklar kelib - ketgani, Eron esa bu geografik hududda qolishda davom etayotganini ta’kidladi.

Mintaqada AQShning kelajagi yo‘qligini bildirgan Rezaiy mamlakati AQSh qarshisida qat’iy turib, o‘z pozitsiyasini saqlab qolayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.