Juma kuni Oksford universitetida nutq so‘zlagan Fidan: "Rahbarning bayonotlari omadsiz edi, biz kerakli aloqalarni o‘rnatdik, shuning uchun masalani o‘ngladik deb o‘ylayman", deya ta’kidladi.
Fidanning ushbu so‘zlari fon der Lyayenning shu haftada Gamburgda "Die Zeit" gazetasining 80 yilligi munosabati bilan qilgan nutqiga javoban aytildi. Yevropa Ittifoqining kengayishi masalasiga to‘xtalgan fon der Lyayen: "Biz Yevropa qit’asini to‘liqlashga erishishimiz kerakki, u Rossiya, Turkiya yoki Xitoy ta’siri ostida qolmasin", degan edi.
Masalaning siyosiy suiiste’mol qilinishi borasida ham Turkiya juma kuni ayrim davlatlar rasmiylarining 1915-yil voqealari haqidagi bayonotlariga javoban rasmiy bildirishnoma e’lon qildi. Unda mintaqaviy barqarorlik urg‘ulangan holda "masalaning siyosiy maqsadlarda suiiste’mol qilinishiga" qarshi chiqildi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy internet saytida e’lon qilingan bayonotda shunday deyiladi: "Janubiy Kavkazda shakllangan tinchlik va murosaga intilish muhiti mintaqani barqarorlik va hamkorlik hududiga aylanishini istovchilarning tarixda adovat urug‘ini ekmoqchi bo‘lganlarga bergan kuchli javobidir". Anqara tegishli tomonlar masalaning siyosiy suiiste’mol qilinishiga qarshi umumiy pozitsiyani saqlab qolganini bildirdi.
Bayonotda shuningdek, asrlar davomida shakllangan birga yashash madaniyati haqida so‘z borib, ayrim uchinchi davlat siyosatchilari bu masalani o‘zlarining tor siyosiy manfaatlari yo‘lida ishlatishga yoki o‘z mas’uliyatlarini yashirishga urinayotgani aytilgan. Turkiya uzoq vaqtdan beri amal qilib kelayotgan pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi hamda tarixiy tadqiqotlar va shaffoflikka sodiqligini bildirdi. Mamlakat asrlar davomida birga yashash madaniyatining eng kuchli namunalariga mezbonlik qilganini ta’kidlab, 1915-yil voqealarini xolisona va adolatli o‘rganish uchun qo‘shma tarix komissiyasini tuzish taklifini eslatib o‘tdi. Bayonot yakunida esa konstruktiv niyatdagi uchinchi tomonlarni umumiy va adolatli xotiraga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni hamda so‘nggi paytlarda rivojlanayotgan ijobiy muloqot muhitini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.



















