Tashqi Ishlar vazirligi manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Kanadaga bo‘lgan tashrifining birinchi kunida Toronto shahridagi Darlington atom elektr stansiyasiga boradi.
Mazkur tashrif orqali Kanadaning yadro energetikasi sohasidagi salohiyati va imkoniyatlarini o‘z joyida o‘rganish maqsad qilingan.
Hakan Fidanning tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari rahbarlari va akademiklar ishtirokidagi uchrashuvda qatnashishi, tashrifning ikkinchi kunida esa poytaxt Ottavada Kanada Tashqi Ishlar vaziri Anita Anand bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda Fidanning Turkiya – Kanada munosabatlari va hamkorligini chuqurlashtirish ham - da diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish borasidagi ko‘z qarash va kutayotgan natijalarini bayon etishi kutilmoqda.
Shu doirada Hakan Fidan yuqori darajali muloqotlar va o‘zaro tashriflarni ko‘paytirish foydali bo‘lishini ta’kidlashi, 2025 - yili 2,7 milliard dollarni tashkil etgan o‘zaro savdo hajmini muvozanatli va barqaror tarzda oshirish ham - da savdo yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini qayd etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Hakan Fidanning boshlangan Erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralar jarayonini kechiktirmay yakunlash zarurligini bildirish, Turkiya va Kanada o‘rtasida, jumladan, yadro energetikasi sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish mumkinligini ta’kidlashi kutilmoqda.
Bundan tashqari, uning mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni yana - da rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy aloqalarning shartnomaviy - huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y - harakatlarni kuchaytirish zarurligini qayd etishi ham nazarda tutilmoqda.
Fidanning AQSh va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvni izdan chiqarishga qaratilgan ehtimoliy provokatsiyalarga nisbatan hushyor bo‘lish kerakligini ta’kidlashi, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning so‘nggi paytlarda kuchaygani xalqaro hamjamiyatda xavotir uyg‘otayotganiga e’tibor qaratishi kutilmoqda.
Ikki tomonlama munosabatlar
Kanada Tashqi Ishlar vaziri Anita Anand oxirgi marta joriy yilning 17 - marti kuni Turkiyaga tashrif buyurgan edi.
O‘tgan 2025 - yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi 2,7 milliard dollarga yetgan. Shundan Turkiyaning eksporti 1,57 milliard dollarni, importi esa 1,16 milliard dollarni tashkil etgan.
May oyida esa Turk Havo yo‘llarining Kanadaga haftalik reyslari soni 12 tadan 21 taga oshirilgan edi.


















