G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil falastinlik yana 16 kishi umriga zomin bo‘ldi
G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 ming 695 nafardan oshdi.
Isroil falastinlik yana 16 kishi umriga zomin bo‘ldi
_

G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soniga oid so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, sulhga qaramay Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azo sektorida so‘nggi 48 soat ichida shifoxonalarga 16 nafar halok bo‘lgan kishining jasadi va 68 nafar yarador olib kelingan.

Sulhga qaramay hujumlar davom etmoqda

G‘azo sektorida 2025 - yilning 10 - oktabrida sulh kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1 ming 643 kishi halok bo‘lgan, 5 ming 964 kishi esa yaralangan. Shu davr mobaynida vayronalar ostidan 850 kishining jasadi olib chiqilgan.

Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 ming 695 nafarga, yaralanganlar soni esa 176 ming 093 nafarga yetgani bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, G‘azo sektorida vayronalar ostida hamon minglab jasadlar qolib ketgan.