DUNYO
1 daqiqa o'qish
Hormuz bo‘g‘ozida ikkita neft tankerida portlash yuz berdi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan ikkita ulkan neft tankeri avariyaga uchragani va shundan so‘ng tankerlarda portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Hormuz bo‘g‘ozida ikkita neft tankerida portlash yuz berdi
Iran's IRGC Navy says four tankers catch fire in Strait of Hormuz / Reuters (Wire)

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Hormuz bo‘g‘ozida yuz bergan hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, kecha tunda jami 4 million barreldan ortiq neft tashiyotgan ikkita ulkan tanker berilgan ogohlantirishlarga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozidan «xavfsiz bo‘lmagan» yo‘nalish orqali o‘tishga uringan va avariyaga uchragan. Avariyadan so‘ng tankerlarda portlash yuz bergan.

Bayonotda har ikkala tankerda ham yong‘in chiqqani bildirilgan, biroq avariya sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Eron AQSh 8-iyul kuni hujumlarini qayta boshlaganidan so‘ng, 12-iyulda Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun yana yopgan edi.

Tehron hukumati o‘zi belgilagan yo‘nalishdan tashqarida harakatlanadigan va «ruxsatsiz o‘tadigan» kemalarni nishonga olishi haqida tahdid qilgan edi.